15-oktabr-“Xalqaro qishloq ayollari kuni” munosabati bilan Angor tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
Bugun Angor tumanida 15-oktabr-“Xalqaro qishloq ayollari kuni” munosabati bilan tuman ijtimoiy moslashuv maslahat markazida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” shiori ostida sayyor qabul o‘tkazildi.
Surxondaryo viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, viloyat ayollarni reablitatsiya qilish va moslashtirish markazi, viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Xotin-qizlar va ijtimoiy masalalar bo‘limi hamda tuman hokimligi hamkorligida tashkil etilgan sayyor qabulda xotin-qizlarga huquqiy va psixologik yordamlar ko‘rsatildi.
Shuningdek, sayyor qabul davomida, "Sog‘lom avlod uchun" xalqaro xayriya fondi viloyat filialining malakali mutaxassislari tomonidan 127 nafar xotin-qizlar chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazildi, 31 nafariga tibbiy tavsiyalar berilib, ularning 96 nafariga 7 turdagi bepul dori-darmonlar tarqatildi.