14 Oktyabr 2022 yil 480

15-oktabr "Xalqaro qishloq ayollari  kuni"

Qishloq ayollari har jabhada faol, tashabbuskor. Bugungi qishloq ayoli faqat sigir sog‘ib,  non yopishdan bo‘shamaydigan ayol emas. Uning qarashlari turmush tarzi, orzu-istaklari va dunyoqarashi o‘zgargan. Qishloq ayoli fermer,  tadbirkor,  xususiy korxona, maktab, bog‘cha, shifoxona rahbari.

Sana munosabati bilan Surxondaryo viloyati bo‘ylab qishloq hududida ilg‘or ayollar safida mehnat qilayotgan xotin-qizlar holidan xabar olinmoqda, mutasaddilar tomonidan sovg‘alar ulashilib e’tirof etilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Jarqo‘rgon tumanidagi Xayrulloxon   F/Xda  bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi bosh mutaxassisi I.Polvonova, Ayollarni reablitatsiya qilish va moslashtirish markazi rahbari M.Xafizova, viloyat IIB JXX HPB boshlig‘i o‘rinbosari O‘.Eshimova hamda tuman hokimi o‘rinbosari M.Mustanovalar ishtirok etishdi.

Text to speech