14 Mart 2021 yil 563

14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar ishtirokida futbol musobaqasi o'tkazildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning joriy yil 27 yanvar kuni "yoshlar bandligini ta'minlash va bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" o'tkazilgan video-selektorda belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Sherobod tumanida sportning ommaviyligini oshirish, aholini sport mashg'ulotlariga doimiy jalb qilish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida sport musobaqalari doimiy tashkil etilmoqda. Xususan, sportning futbol turi bo'yicha Surxondaryo viloyati fuqarolik sudi, tuman ichki ishlar bo'limi hamda O'zbekiston yoshlar Ittifoqi tuman Kengashi hamkorlikda tumanning 3 sektori xududiga karashli "Mehrobod" mahallasida futbol musobaqasi o'tkazildi. Unda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar ishtirok etdi. Musobaqa yakunida g'olib bo'lgan ishtirokchilarga esdalik sovg'alar topshirildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech