10 Yanvar 2025 yil 632

14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2024 yil 29 dekabr kunidagi “Ichki ishlar organlari tizimida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi hamda Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining joriy yil 7 yanvardagi tegishli farmoyishi bilan tasdiqlangan dastur ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 10 yanvar kuni Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yin tashkil etildi.

Ushbu intellektual o‘yinda boshqarmaning sohaviy xizmat va barcha shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari hamda ichki ishlar vazirligi Surxondaryo Akademik litseyidan tashkil topgan jami 18 ta jamoalar ishtirok etishdi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan baxslarning yakuniy natijalarga ko‘ra          3-o‘rinni Angor tumani ichki ishlar bo‘limi jamoasi, 2-o‘rinni Ichki ishlar vazirligi Surxondaryo Akademik litseyi jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, musobaqaning mutloq g‘olibi bo‘lgan holda 1-o‘rinni Qumqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limi jamoasi qo‘lga kiritdi.

Tanlov so‘ngida g‘olib jamoalar boshqarma boshlig‘ining diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Albatta bu kabi tanlovlarni muntazam ravishda o‘tkazib borish, tizimda xizmat olib borayotgan xodimlarning intellektual salohiyati, dunyoqarashi va ma’naviyatini yuksaltirish hamda kitobxonlik madaniyatini oshirishga yanada yordam beradi.

Text to speech