14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan xizmat vaqtida vafot etgan xodimlarning oila a’zolari holidan xabar olindi.
Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining 2023 yil 4 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31-yilligini hamda 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni”ni nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishi bilan tasdiqlangan rejaga asosan xizmat vaqtida vafot etgan Ichki ishlar organlari xodimlarining oila a’zolari holidan xabar olish nazarda tutilgan.
Mazkur rejaga asosan joriy yilning 10 yanvar kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev ishtirokida xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etgan marhum Samandar Valiev hamda Burxoniddin Qudratovlarning xonadonlariga tashrif buyurildi. Ularning oila a’zolari holidan xabar olinib, ularning muammolari o‘rganildi. Xonadon ahliga moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatildi.