11 Noyabr 2024 yil 517

11-noyabr “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan Surxondaryo viloyati IIB faxriy ustozlari uchun Qashqadaryo viloyatiga sayohat tashkil etildi.

Tarixga nazar solmasdan, kelajakka boqib bo‘lmaydi. Binobarin, insonni inson etib tarbiyalashda eng yaxshi vosita bu- “tarix”- deb bejizga aytilmagan. Keksa va nuroniylarimizni esa tirik tarixga qiyos etamiz. Chunki ular ulug‘ yoshni yashab, hayot yo‘lidagi murakkab to‘siqlarni yengib o‘tish sir-asrorlarini puxta o‘zlashtirgan, yuksak bilim va tajribaga ega murabbiylardir.

Vazirlar mahkamasining 2024 yil 16 sentabr kunidagi 617-son faromoyishi hamda O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tarkibiy bo‘linmalari xodimlari birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2024 yil 31 oktabr kunidagi tegishli qaroriga asosan, “Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun!” g‘oyasi asosida “Yangi O‘zbekistonning yangi kasaba uyushmalari o‘n kunligi” qolaversa Ichki ishlar vazirligining joriy yil 8-noyabr kunidagi tegishli ko‘rsatmasiga asosan, noyabr oyligi – “Keksalar uchun turizm oyligi”deb e’lon qilindi.

Shu munosabat bilan joriy yilning 9 noyabr kuni Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarining bir guruh faxriylari uchun Qashqadaryo viloyatiga turistik sayohat tashkil etildi.

Tashkil etilgan sayohatda faxriylar Qashqadaryo viloyatining Shaxrisabz shahrida joylashgan Oqsaroy me’moriy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurishib, soha mutaxassislari tomonidan majmua to‘g‘risida ma’lumot olishdi.

Albatta bu kabi tadbirlarni muntazam ravishda tashkillashtirib borish, keksa avlod vakillarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularni sog‘lomlashtirish ishlarini samarali tashkil etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda ijtimoiy hayotdagi faolliklarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Text to speech