“1 oktabr – "Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi rahbariyati tomonidan samimiy va ezgu tashabbus amalga oshirildi.
Surxondaryo viloyat IIB Tergov boshqarmasi boshlig’i hamda mas’ul hodimlar tomonidan, uzoq yillar davomida tergov organlarida fidokorona xizmat qilib, nafaqaga chiqqan soha nuroniylarining xonadonlariga borilib, ularning holidan habar olindi.
Faxriylar bilan
suhbat jarayoni iliq va samimiy tarzda o‘tdi. Ular o‘tgan yillardagi xotiralar,
xizmat davridagi ibratli lahzalarni yodga oldilar. Yosh avlodga hamisha ustozlik
o‘gitlarini berishdan charchamasliklarini, o‘z tajriba va bilimlarini bo‘lishishga
doimo tayyor ekanliklarini ta’kidlab, tergov organlari bilan hamkorlikni yanada
kuchaytirish istaklarini bildirdi.
Bunday tashriflar
nafaqat faxriylarning qalbida shodlik uyg‘otadi, balki yosh tergovchi va surishtiruvchilar
uchun ham ibrat va ma’naviy kuch manbai bo‘ladi. Qolaversa, ustoz va shogird an’nalariniham
davom ettiradi.