1 oktabr- “O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan Tergov boshqarmasi xodimlari faxriylar holidan xabar olishdi
Har bir
sohaning rivoj topishida, albatta murabbiylarning ustozlarning o‘rni beqiyos bo‘ladi.
Ustoz va murabbiylarning o‘gitlari sabab shogirdlar o‘z sohasining mutaxassisiga
aylanadi, hayotiy tajribalari ortib boradi. Shu bois yurtimizda azal-azaldan o‘qituvchi
va murabbiylar qadri baland bo‘lib, ulug‘lanib kelgan.
1 oktabr
- “O‘qituvchi va murabbiylar kuni"
munosabati bilan Surxondaryo viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimlari
tergov organlarida uzoq yillar samarali xizmat qilib, ko‘plab shogirdlarni o‘zlarining
hayotiy va ish tajribalari bilan o‘rtoqlashib shogirdlariga o‘gitlarini berib kelgan
hozirda nafaqa gashtini surayotgan Avaz Islametdinovichning
holidan xabar olib bayram bilan qutlash maqsadida, ustoz xonadonida bo‘lishdi.
Ustoz Avaz
Islametdinovich o‘z shogirdlarini qarshi olar ekan, ko‘zlarida quvonch, yuzida tabassum
paydo bo‘ldi. Shogirdlar bilan dildan suhbat qurdi.
Suhbat davomida,
shogirdlari tomonidan bayram arafasida e’tibor qilib, e’zozlaganliklari uchun mamnunligini
bildirib, ichki shlar organlari tizimiga qadam quyayotgan yosh xodimlarni tarbiyalashda
va bilimlarini yanada oshirishda o‘z kuch g‘ayratini ayamasliklarini bildirdi.
Surxondaryo viloyat IIB Axborot xizmati