1-iyuldan 31 iyul kuniga qadar Surxondaryo viloyati hududida kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi - “Cyber month” doirasida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkaziladi.
Joriy yilning 1 iyul
kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi binosida viloyat IIB boshlig‘ining
birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Inoqov huzurida viloyat hududida Kibermadaniyatni
yuksaltirish oyligi - “Cyber month” doirasida targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini yuqori
saviyada o‘tkazishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarga bag‘ishlangan video selektor
tarzidagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Ushbu o‘tkazilgan
yig‘ilishda, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi IIV
Shaxsiy xavfizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i,
O‘zbekiston Respublikasi IIV Tezkor qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi
mas’ul xodimlari O.Ismoilov, A.Murodovlar hamda viloyat IIB hamda barcha shahar-tuman
IIB shaxsiy tarkibi ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda, mas’ullar
tomonidan bugungi rivojlanib borayotgan axborot texnologiyalari inson hayotini yengillashtirish
va vaqtini tejash bilan bir qatorda ko‘plab muammolarni ham keltirib chiqarayotganligi,
o‘zlarining g‘arazli maqsadlarini amalga oshirishda axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan
keng foydalanayotgan firibgarlar soni kundan-kunga ortib borayotganligi, ushbu turdagi
jinoyatlarning sodir etish shakl va uslublarining doimiy o‘zgarib borishi bu kabi
jinoyatlarga qarshi kurashishda bir qancha muammolarni keltirib chiqarayotganligi
ta’kidlandi.
Shuningdek, hozirda,
bunday turdagi jinoyatlarga qarshi kurashishning eng samarali yo‘llaridan biri fuqarolarimizda
“kibergigienani” va ularga nisbatan immunitetni shakllantirish zarurligi alohida
qayd etildi.
Shu sababli, Ichki
ishlar vaziring tegishli farmoyishiga
ko‘ra respublikamizning barcha hududlarida kompleks targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish
rejalashtirilgan. 1 iyul kunidan 31 iyul kuniga qadar Surxondaryo viloyatida ham
“kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” kompleks targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilishiga
start beriladi.
Mazkur oylik doirasida
13 ta
tanlov va 10
ta targ‘ibot tadbirlari o‘tkazish rejalashtirilgan.
Bulardan: “Eng faol mahalla”,
“Eng yaxshi milliy kontent” tanlovi, “STOP! Cybercrime” nomli ogohlikka chaqiruvchi ommabop chellenjlar, “Biz
kiberjinoyatlarga qarshimiz” shiori ostida kibersport musobaqasi va Kiberbullingdan himoyalanish, kiberomantikaning
salbiy oqibatlari, shaxsiy ma’lumotlarni
himoya qilish kabi targ‘ibot tadbirlari o‘tkaziladi hamda tanlov g‘oliblari qimmatbaho
sovg‘alar bilan taqdirlanishi rejalashtirilgan.
Shu sababli viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinosari Baxtiyor Inoqov mazkur
tadbirlar viloyatning barcha shahar-tumanlarida sifatli tashkil
qilinishi, ularni o‘tkazish va ijrosini ta’minlash maqsadida “mobil tezkor guruh” va “shtab” tashkil qilish kerakligi, Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning tashabbuslari bilan tashkil etilayotganligi alohida ta’kidlanib, shaxsiy tarkibdan mazkur kompleks targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishda faol
qatnashishi va fuqarolarimizni kiberjinoyatlar qurboni bo‘lishining oldini olishda har bir ichki ishlar organi xodimlarining
vazifasi ekanligi uqtirildi.