???? Termizliklar hamda shahrimiz mehmonlari diqqatiga
???????? O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan ertaga, 11-yanvar kuni Termiz shahrining asosiy ko‘chalari bo‘ylab viloyatdagi kuch tuzilma bo‘linmalari tomonidan harbiy marshlar o‘tkaziladi.
Shuningdek, "Iceberg" ko‘ngilochar
maskani yonida Faxriy qorovul jamoasi va qo‘l jangi ustalarining ko‘rgazmali
chiqishlari, bo‘linmalarning jangovar chaqirig‘i, harbiy orkestrning difele
namoyishlari ijro etiladi.
???? Harbiy parad marshlari Yoshlar markazi binosi
oldidan soat 11:00dan boshlanadi.
⛔️ Shu munosabat bilan 11-yanvar kuni soat
11:00dan 13:00 gacha Barkamol avlod, Islom Karimov va at-Termiziy ko‘chalari
kesishmalari bo‘ylab Surxondaryo viloyati hokimligi binosi yonidagi
chorrahagacha bo‘lgan yo‘lda transportlar harakati vaqtincha cheklanadi.
❗️Yuzaga kelayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda, haydovchilarimizga aylanma yo‘llardan harakatlanishni tavsiya qilamiz.