27 Dekabr 2021 yil
407
Surxondaryo Ichki ishlar organlarida situatsion o'quv mashg'ulotlari o'tkazilmoqda
Joriy yilning 27 dekabr kuni Termiz shahrida, Surxondaryo viloyati IIB kasbiy tayyorgarlik bo'limining mas'ul xodimlari tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish va jamoat tartibini saqlashga jalb etilgan kuch va vositalarning huquqbuzarlar bilan yuzaga kelishi mumkin bo'lgan nostandart vaziyatlarda tezkor qaror qabul qilish, jismoniy kuch ishlatish hamda jangovar shayligiga doir ko'nikmalarini yanada oshirish maqsadida, situatsion o'quv mashg'uloti bo'lib o'tdi.
Mazkur mashg'ulotlar Surxondaryo viloyatining Termiz, Angor, Qumqo'rg'on, Uzun tumanlari ichki ishlar bo'limlari hamda Denov tumani ichki ishlar boshqarmasida ham o'tkazildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati