6 Aprel 2021 yil
654
O'zgalarni mensimaslik oqibati
Uzun tumanida 2021 yilning 13 mart kuni taxminan soat 12.00 lar chamasida, tumanning "mehnat" mahallasida yashovchi, M.J. atrofdagilarni mensimasdan, jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzgan holda tumanning "Bahoriston" mahallasi hududidagi "dehqon bozorida" tumanning "mehnat" mahallasida yashovchi, I.A.ni qo'li bilan duch kelgan joyiga urib, "sog'lig'ining buzilishiga sababchi bo'lgan engil" kabi tan jarohati etkazgan. 29 mart kuni M.J.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati