17 May 2021 yil 531

"Hamkor giyohfurush"lar qo'lga olindi

Termiz tumanida 2021 yilning 22 aprel kuni soat 22.45 lar chamasida, viloyat IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi hamda boshqa viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan tumanning "Navro'z" mahallasida hamkorlikda o'tkazilgan tadbir jarayonida, Termiz shahar "Kattabog'" mahallasida yashovchi, S.Dilshod boshqaruvidagi Spark rusumli, avtoulovi to'xtatilib tekshirilganda, yo'lovchisi, Termiz shahrida yashovchi, X.Sherzodning o'tirgan o'rindig'i ustidan 8.62 gr "gashish" giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, hujjatlashtirib olingan. Ushbu moddani Denov tumanidagi Afrosiyob bog'i ishchisi T.Baxromdan sotib olganligini bildirgan. Mazkur tadbir davom ettirilib, 23 aprel kuni soat 13.10 larda, Denov tumani "Yangihayot" mahallasida joylashgan "Afrosiyob" istirohat bog'idagi B.Tangriqulovning qorovulxonasi ko'zdan kechirilganda stol ichki tomonidan 3.14 gr "marixuana" giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan. Huquqni muhofaza qiluvchi xodimlar tomonidan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbirda qo'lga olingan hamkor giyohfurushlar X.Sherzod va T.Baxromlarga nisbatan 27 aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-modda 1-qismi, 2-qismi va 273-modda 5-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech