25 Aprel 2022 yil 486

Jarqo‘rg‘onda, tovlamachi tezkor tadbirda jinoyat ustida qo‘lga olindi

Jarqo‘rg‘on tumanida 2022 yil 11 mart kuni tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limining xabariga ko‘ra, Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi, tumandagi mas’ul idora vakili S.Shodmon (ism shariflar o‘zgartirilgan) viloyat IIBga yozgan arizasi yuzasidan, 10 mart kuni, viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi va Jarqo‘rg‘on tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Jarqo‘rg‘on tumanida savdo ishlari bilan shug‘ullanuvchi, R.Omon ismli shaxs S.Shodmonni ustidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xalq qabulxonasiga murojaat qilib, ishdan bo‘shatib yuborish bilan qo‘rqitib kelib, S.Shodmon 2.000.000 (ikki million) so‘m pul bersa da’vosini qaytarib olib, kelgusida biror bir yuqori turuvchi organlarga ustidan shikoyat qilmasligi to‘g‘risida aytib”, talab qilingan 2.000.000 (ikki million) so‘m pulni 10 mart kuni soat 16:20 larda, tuman markazidagi to‘yxonalarning birining oldida olayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olingan.
11 mart kuni R.Omonga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech