26 Noyabr 2022 yil 228

Jarqo‘rg‘onda IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi mas’ullar tomonidan Sayyor qabul o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumanida 2022 yil 25 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi mas’ul xodimi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi. Ushbu sayyor qabulda, Termiz, Angor, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on tumanlari hamda Termiz shahrida yashovchi fuqarolar o‘zlarining muammolari yuzasidan murojaat qilishdi.

Sayyor qabul davomida 21 nafar fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqilib, 10 nafar fuqaroning murojaati joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 11 nafar fuqarolarning murojaatlari ijrosini ta’minlash uchun muddatlar belgilanib, nazoratga olindi.

Sayyor qabul yakunida O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga tan olingan 5 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasining identifikatsiya ID-kartasi fuqarolarga tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech