3 Fevral 2023 yil
458
Jarqo‘rg‘onda bezorilik qilgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Jarqo‘rg‘on tumanida 2023 yil 18 yanvar kuni soat 17-00 larda, shu tumanda yashovchi, M.Salim (ism shariflar o‘zgartirlgan) mahallasi hududida joylashgan tuman Elektr ta’minoti korxonasiga elektr toki o‘chganligi uchun borib, Elektr ta’minoti korxonasida qo‘shimcha navbatchi bo‘lib turgan mantyor, qo‘shn mahallada yashovchi, K.Chori bilan o‘zaro janjal qilib, jamiyatda yurish- turish qoidasini buzib, uni qo‘li bilan bosh qismiga urib, tan jarohati yetkazgan. 18 yanvar kuni M.Salimga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati