4 Iyun 2022 yil 880

Jarqo‘rg‘onda 500 millionga noqonuniy sotilishi kerak bo‘lgan yer sotilishining oldi olindi

Termiz shahrida 2022 yil 18 may kuni, Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi, B.Sanam (ism shariflar o‘zgartirilgan) viloyat IIBga yozgan arizasiga asosan, viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Termiz shahar “Alpomish” mahallasida joylashgan restoranlarning birida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi, X.Ikrom o‘ziga tegishli bo‘lmagan Jarqo‘rg‘on tumani hududida joylashgan 50 sotix yer maydonini jami 500.000.000 (besh yuz million) so‘mga sotishga kelishib, B.Sanamdan 214.000.000 (ikki yuz o‘n to‘rt million) so‘m pullarni olgan vaqtida ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 22 may kuni X.Ikromga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech