5 Sentyabr 2022 yil
394
Jarqo‘rg‘on tumanida fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2021 yil 10 mart kunidagi tegishli ko‘rsatmasi ijrosini ta’minlash borasida, aholining murojaatlarini o‘rganish hamda ijobiy hal etish maqsadida, Surxondaryo viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik I.X.Ketmonov tomonidan jarqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishlari bo‘yicha fuqarolarni qabul qildi. Qabul davomida, 8 nafar fuqaroning qilgan murojaatlari qonuniy ko‘rib chiqilib, ijobiy hal etib berildi.