Jarqo‘rg‘on hamda Termiz tumanlarida jinoyatchilikni jilovlash, barvaqt oldini olish ishlari muhokama qilindi
Kuni kecha Jarqo‘rg‘on hamda Termiz tuman ichki ishlar bo‘limlarida 2025 yilning 6 oyi davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Shadiev hamda tuman IIB mas’ullari hamda shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.
Yig‘ilishda ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka
qarshi kurash, jamoat tartibini saqlash, yo‘l transport hodisalarining oldini olish
va aholi xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik bilan hamkorlikda olib
borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Har bir mahalladagi yettilik vakillari hamda profilaktika
inspektorlari “Mening mahallamda jinoyat sodir bo‘lmasligi kerak!” shiori asosida
ish yuritishi lozimligi alohida ta’kidlandi.
Yig‘ilishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish
va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belginib, ijrosi
alohida nazoratga olindi.
Yig‘ilish so‘ngida, xizmat faoliyati davomida safdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlar boshqarma boshlig‘ining tashakkurnomasi, kitoblar jamlanmalari hamda esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.