19 Aprel 2024 yil
474
Jamoat transportlari bilan bog‘liq avtohalokatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB Jamoat
xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan
yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi "Avtobus saroylari"da, YPX maskanlarida avtobus haydovchilariga harakat vaqtida amal qilishi
lozim bo‘lgan qoidalar eslatilib, ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish uchun rul
boshqaruviga o‘tirishdan avval transport vositasining texnik holatini nazorat qilib,
tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari va boshqa bir qator me’yoriy talablar tushuntirilmoqda.