O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-o‘quv kursi kursantlarining bitiruv malakaviy ish o‘rganish amaliyoti davom etmoqda.
Surxondaryo viloyati
Ichki ishlar boshqarmasi majlislar zalida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i
o‘rinbosari podpolkovnik Sh.F.Shadiev, IIV Akademiyasi kunduzgi ta’lim 3-o‘quv kursining
kursantlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
O‘tkazilgan uchrashuv davomida, O‘zbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vazirining 2019 yil 30 sentabr kunidagi “Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi
kursant va tinglovchilarining ichki ishlar organlarida amaliyotlarini tashkil etish
to‘g‘risida”gi buyrug‘i hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining
2024 yil 29 yanvar kunidagi tegishli farmoyishi talablariga asosan, Ichki ishlar
vazirligi Akademiyasining kunduzgi ta’lim 3-o‘quv kursi kursantlari tomonidan bitiruv malakaviy ish o‘rganish amaliyotini o‘tashlarining
o‘tgan bir oyi davomida amalga oshirgan ishlari muhokama qilinib, amaliyot davrida
yo‘l qo‘yilgan xato va kamchilliklar, erishilgan yutuqlar yuzasidan fikr mulohazalar
bildirildi.