6 Mart 2024 yil 785

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kursantlari bilan psixologik trening mashg‘uloti tashkil etildi.

Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari hamda amaliyotchi psixologlar tomonidan joriy yilning 6 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kursantlariga psixologik trening mashg‘ulotlari tashkil etildi. 

Unda yosh xodimlarning individual–psixologik xususiyatlari, kasbiy tayyorgarlik hamda tezkor-xizmat vazifalarini bajarishda chidamlilik, bardoshlilik va boshqa irodaviy sifatlari, ekstremal vaziyatlarda psixologik turg‘unligini ta’minlash, o‘zining muammolarini anglash, o‘ziga xos yo‘l topish, harakatlariga to‘g‘ri baho berishni shakllantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi. 

Mutaxassis-psixolog tomonidan psixologik trening davomida, jamoada ijtimoiy ma’naviy ruhiy muhitni yanada yaxshilash, xizmat faoliyati davomida xizmat intizomi buzilishi, doimiy charchoq, ishonchsizlik, tushkunlik kabi salbiy holatlarni bartaraf etish yuzasidan muhim ma’lumotlar berildi.

Text to speech