4 Aprel 2025 yil 472

O‘zbekiston Respublikasi IIV Madaniyat saroyi qo‘shiq va raqs ansamblining Surxondaryoda konsert dasturi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi IIVning  tegishli farmoyishi talablari ijrosini ta’minlash maqsadida, Ichki ishlar vazirligi Madaniyat saroyi qo‘shiq va raqs ansamblining xushovoz xonandalari va so‘z ustalari ishtirokida konsert dasturi o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan san’atkorlar, xonanda va sozandalar hamda badiiy so‘z ustalari ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan xizmatni o‘tash vaqtida vafot etgan xodimlarning oila a’zolari, nogiron bo‘lib qolgan xodimlar hamda faxriylarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida, konsert dasturlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Har yilgi an’ananga muvofiq konsert dasturlari Surxondaryo viloyatidan boshlandi.  Konsert dasturlari joriy yilning 3-aprel kuni Surxondaryo viloyatining Denov tumani "Yoshlar" sayilgohi  hamda Termiz shahrida joylashgan San’at saroyi yozgi anfiteatrida tashkil etildi.

O‘tkazilgan konsert dasturida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan elimizning hushovoz san’atkorlari hamda so‘z ustalari tomonidan ijro etilgan kuy qo‘shiqlari, dil tortar navolari-yu, hangomalari konsert dasturiga tashrif buyurgan tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo‘ldi.

Konsert dasturi yakunida, O‘zbekiston Respublikasi IIV Madaniyat saroyi boshlig‘i podpolkovnik U.Tillaev boshchiligidagi san’atkorlar hamda Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolari va farzandlari bilan dildan suhbat qurishib, ularga esdalik sovg‘a salomlar elimiz suygan san’atkorlar tomonidan ulashishdi.

Xalqimizning madaniy va ma’naviy hordiq chiqarishlari uchun o‘tkazilayotgan konsert dasturi respublikamizning barcha viloyatlarida davom etadi.

Text to speech