11 Iyul 2025 yil 201

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2024-yil 5-oktabrdagi 555-sonli buyrug‘iga asosan, Surxondaryo viloyati IIB shaxsiy tarkibi bilan navbatdagi xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarlik mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘tkazilgan o‘quv yig‘ini xodimlarning xizmat faoliyati bo‘yicha yangicha uslub, ilg‘or tajribalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, shaxsiy tarkibning o‘q otish tayyorgarligi va saf tayyorgarligi, maxsus vositalarni qo‘llash tartibi hamda xavfsizlik qoidalari bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, shuningdek, ularning ruhiy barqarorlikni shakllantirish, ziyraklik, hushyorlik, xotira va boshqa kasbiy-psixologik jarayonlarni rivojlantirish, xizmat faoliyati jarayonida yuqori ishchanlikni va yuksak ma’naviy-ruhiy sifatlarini tarbiyalash maqsad qilingan.

Text to speech