12 Avgust 2024 yil 327

O‘zbekiston Respublikasi IIV o‘rinbosari general-mayor Bahodir Mirzarahimov hamda Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Timur Ismailov huzurida kriminogen vaziyat tahlili, qonun ustuvorligini ta’minlash, qonunbuzarliklarga qarshi kurashish, shaxsiy tarkibning xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar tahlili hamda tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosarlari, sohaviy xizmatlar va tarkibiy bo‘limlar hamda shahar-tuman IIB boshliqlari videoselektor tarzida ishtirok etgan yig‘ilishda viloyat IIB boshlig‘i viloyatda jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izlar”da fosh etish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlarni muhokama etildi.

Kengaytirilgan yig‘ilishda ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat intizomi va qonunchilikka og‘ishmay rioya etishi, shaxsiy tarkib o‘rtasida ichki tartib-intizom va kundalik idoraviy nazoratni kuchaytirish,  tizimda xizmat qilayotgan xodimlar o‘rtasida beparvolik muhitiga barham berish, uchun o‘zini o‘zi profilaktika qilish tizimini yo‘lga qo‘yish tadbirlari amalga oshirilishini ta’kidladi. Xizmat jarayoni va xizmatdan tashqari vaqtlarda spirtli ichimlik iste’mol qilmaslik, xizmat hududida yashash, favqulodda va salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, korrupsiyaga qarshi murosasiz bo‘lish, ichki ishlar organlari xodimlariga pora taklif qilish va va boshqa noqonuniy maqsadlarni ko‘zlagan shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rish borasidagi ishlar ko‘lamini oshirish borasida tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Yig‘ilish yakunida, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari B.Mirzarahimov  O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan tayinlovlar amalga oshirilganligini o‘qib eshittirdi.

Shundan so‘ng, Viloyatda kriminogen vaziyati og‘ir shahar-tumanlarda jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, bunga sabab bo‘lgan shart-sharoitlarni bartaraf etish,  transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarini oldini olish borasida ishtirokchilarga tegishli yo‘riqnoma va topshiriqlar berdi.

Text to speech