26 Fevral 2025 yil 791

Zakovat - jamiyat taraqqiyotini belgilovchi kuch

O‘zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyida tahsil olayotgan o‘quvchi-yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, mantiqiy bilimlarini oshirishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-96-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hamda  fevral oyi "Adabiyot fan oyligi" munosabati bilan 2025-yil 25-fevral kuni akademik litseyda “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Intellektual o‘yinda 7 ta jamoalardan jami 35 nafardan ortiq o‘quvchilar faol qatnashdi.

O‘yin natijalariga ko‘ra:

1-o‘rin 1.24-guruhning “Boburiylar”, 2-o‘rin 7.24-guruhning “Yuksalish” hamda 3-o‘rin 6.24-guruhning “Az-Zamaxshariy” jamoalariga nasib etdi.

G‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar munosib taqdirlanishdi.

Text to speech