29 Oktyabr 2021 yil 520

Yurt fidoiylarining har biri e'tirofda

Qumqo'rg'on tumanida yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi uchun tunu-kun xizmat qilayotgan soha xodimlari 25 oktabr – ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati taqdirlandilar.
Tadbirda tuman hokimi R.Gapparov tuman IIB boshlig'i mayor N.Narzullaev, sektor rahbarlari tumandagi barcha ichki ishlar organlari xodimlari ishtirok etishdi.
Tuman hokimi xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklab, xalqimiz uchun sadoqat bilan xizmat qilish har bir insonning burchi ekanligini, har bir xodim avvalo o'z vatanini, qolaversa kasbini sevgan holda xizmat qilsa, qilingan mehnat albatta o'z samarasini berishini ta'kidlab o'tdi.
Tizimdagi har bir xodimning xizmati alohida e'tirof etilib, qimmatbaho sovg'alar topshirildi.

Text to speech