30 Noyabr 2020 yil 598

Yosh ichki ishlar organlari xodimlarining kasb mahoratlari va malakasi oshirilmoqda

O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2020 yil 15 noyabr kuni Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida kengaytirilgan tartibda yig'ilish o'tkazilgan edi. Unda viloyat ichki ishlar organlari profilaktika (katta) inspektori lavozimida uch yilgacha xizmat qilgan yosh xodimlarning malakasini oshirish o'quv yig'inlarini tashkil etish borasida bergan topshirig'iga asosan viloyat IIB Kadrlar boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan o'quv dasturi ishlab chiqildi.
Mazkur o'quv dasturiga asosan mashg'ulotlar har bir shahar-tuman bo'yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi va ichki ishlar bo'limlarida 2 kun davomida o'tkazilishi belgilangan bo'lib, joriy yilning 24-25 noyabr kunlari Sherobod tumani IIB o'quv sinfida, 26-27 noyabr kunlari Termiz shahar bo'yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalarida o'tkazildi.
Galdagi malaka oshirish bo'yicha o'qitish ishlari 30 noyabr va 1 dekabr kunlari O'zbekiston Respublikasi IIVning Surxondaryo akademik liseyida hamda boshqa shahar-tuman bo'yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi va IIBlarda ham o'tilishi belgilangan.
Tashkil etilgan ushbu o'quv darslari viloyat IIB sohaviy xizmat rahbarlari hamda ko'p yillik tajribaga ega bo'lgan malakali xodimlar tomonidan xizmat sirlari va amaliy mashg'ulotlar yosh xodimlarga o'rgatilmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech