30 Iyun 2020 yil 630

Yo'l transport hodisasi natijasida yong'in kelib chiqib, ikki nafar odam o'limiga sabab bo'ldi

Qiziriq tumanida 2020 yil 29 iyun kuni taxminan soat 23.50 lar chamasida, tumanning "Zarbdor" mahallasi hududidan o'tuvchi "Qiziriq-Bandixon" 4R-100 avtomobil yo'lining 81 kilometrida, tumanning "Oqjar" mahallasida yashovchi T.Z. boshqaruvidagi Malibu rusumli avtomashinasi bilan harakatlanib borayotganida, qarama-qarshi yo'nalishga chiqib, shu yo'nalishda harakatlanib kelayotgan, tumanning "Hamkon" mahallasida yashagan, X.O'. boshqaruvidagi VAZ-21011 rusumli avtomashinasi bilan to'qnashgan vaqtida VAZ-21011 rusumli avtomashinasida yong'in chiqib yonib ketgan. Natijada VAZ-21011 rusumli avtomashinasi haydovchisi, X.O'. va yonida bo'lgan yo'lovchisi tumanning "Zarbdor" mahallasida yashagan, J.A.lar, "yong'indan kuyish kabi hayot uchun xavfli bo'lgan og'ir" tan jarohati olishib voqea joyida vafot etishgan. Holat yuzasidan T.Z.ga nisbatan 30 iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Yong'inga 2-ta ekipaj chiqib soat 00.05 da, o'rab olinib, soat 00.15 da, yong'in o'chirilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech