Yo'l transport hodisasi natijasida...
Qumqo'rg'on tumanida 2020 yil 18 mart kuni hisobga olingan, tumanning "Elabod" mahallasi hududidan o'tuvchi M-41 avtomobil yo'lining 1537 kilometrida, Sho'rchi-Qumqo'rg'on yo'nalishi bo'yicha harakatlanib kelayotgan, tumanning "Joziba" mahallasida yashovchi N.X. boshqaruvidagi Neksiya rusumli avtomashinasi bilan yo'lni chapdan o'nga kesib o'tayotgan piyoda, Qiziriq tumanida yashagan N.P.ni turtib yuborgan. Natijada N.P. sud-tibbiy ekspertizasining 2020 yilning 19 mart kunidagi xulosasiga ko'ra "hayot uchun xavfli bo'lgan og'ir" tan jarohati olib kasalxonada vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan 19 mart kuni tuman ichki ishlar bo'limi huzuridagi tergov bo'limi tomonidan N.X.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati