24 Yanvar 2021 yil 721

Xotin-qizlar masalalari bo'yicha isnpektorlar o'qitilayapti

Ichki ishlar organlarida xotin-qizlar masalalari bo'yicha (katta) isnpektorlarining xizmat faoliyatiga oid bilim va ko'nikmalarini oshirish ularaning kasb mahorati o'sishiga xizmat qiladi. IIV malaka oshirish institutining Surxondaryo filialida viloyat ichki ishlar organlari xotin-qizlar masalalari bo'yicha (katta) isnpektorlari uchun tashkil etilgan qisqa muddatli o'quv kurslaridan ham ayni maqsad ko'zlangan.
5 kunlik o'quv seminar xizmatdan ajralgan holda olib borilmoqda, — deydi IIV Surxondaryo akademik liseyi direktorining xodimlarni malakasini oshirish bo'yicha o'rinbosari, mayor Feruz Qlichev. — Unda tinglovchilar xizmat faoliyatiga oid yangi bilimlardan boxabar bo'lish bilan birga, ularga amaliy faoliyati davomida huquqiy va metodik jihatdan yordam ham ko'rsatiladi. O'quv mashg'ulotlarini IIV malaka oshirish institutining professor-o'qituvchilari olib borishmoqda.
Aytish kerakki, mazkur qisqa muddatli o'quv kursi davlatimiz rahbarining 2020 yil 18 fevraldagi "jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo'llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 4 yanvardagi "xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori ijrosi doirasida o'tkazilmoqda.
Kurs yakunida tinglovchilar o'rgangan bilimlari sinovdan o'tkaziladi va test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar topshiriladi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech