2 Oktyabr 2021 yil 332

Xalqimizda bayram arafasida ustozlarni yo'qlash, betoblar holidan xabar olishdek, ezgu ishlar amalga oshiriladi.

An'anaga muvofiq, Qumqo'rg'on tumani IIB boshlig'i Nurimbek Narzullaev ko'p yillar davomida ichki ishlar tizimida xizmat qilib, hozirgi kunda nafaqada bo'lgan mayor Ergash Xurramovning betobligi sabab, uning xonadoniga borib holidan xabar oldi.
Shuningdek, tuman IIB boshlig'i xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo'lgan marhum safdor Safarali Chorievning xonadonida ham bo'ldi. Sobiq ichki ishlar xodimi oila a'zolaridan hol-ahvol so'rab, ularni bayram bilan tabrikladi va sovg'alar ulashildi.

Text to speech