21 May 2022 yil 223

Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarlik holatlari muhokama etildi.

Joriy yilning 18 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Ikki yosh yigit bir-birini kaltaklamoqda” sarlavhali videolavha tarqalgan edi.
Ushbu videolavhadagi mushtlashuv hodisasi joriy yilning 18 may kuni soat 12-30 larda Termiz shahar xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 11 va 15-sonli umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari tomonidan sodir etilganligi bayon etilgan.
Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 19 may kuni viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, mahalla faollari, Termiz shahridagi 11 va 15-sonli umumta’lim maktabi direktorlari hamda bir qator hamkor tashkilot vakillari va tegishli ota-onalar bilan birgalikda viloyat ichki ishlar boshqarmasi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy, huquqiy yordam ko‘rsatish markazida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Muhokama jarayonida holat yuzasidan tegishli tashkilot vakillari o‘z fikr mulohazalarini bildirishdi.
Shuningdek, mazkur holat bo‘yicha o‘quvchilarning ota-onalariga o‘z farzandlarining kelajagi uchun befarq bo‘lmasliklari, ularning maktabdan keyingi vaqtlarda nazoratsiz va qarovsiz qoldirmasliklari, ularning ta’lim tarbiya olish bilan birga, kelajagi uchun kasb-hunar egallashlarini alohida e’tiborga olishlari lozimligi hamda bu borada tegishli tartibda javobgar ekanliklari haqida mutahassislar tomonidan tushuntirish ishlari ham olib borildi.
Text to speech