Viloyat IIBda Yangi yil bayrami oldidan arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi
Viloyat IIB boshlig‘ining 2023 yil 18 dekabr kunidagi “Ichki ishlar organlarida Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi 119-son farmoyishining ijrosini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati ham ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimlar va ishchi xizmatchilar uchun bayram oldidan arzonlashtirilgan oziq-ovqat savdo yarmarkasini tashkil qildi. Viloyat IIB hovlisida tashkil etilgan yarmarka rastalarida sifatli va arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, un, yog‘, shakar, poliz mahsulotlari, meva-sabzavotlar, turli yaxna ichimliklar, mol va qo‘y go‘shti, tuxum va boshqa turdagi mahsulotlar o‘rin oldi.
E’tiborlisi shundaki,
boshqarma boshlig‘ining topshirig‘iga asosan, ushbu arzonlashtirilgan yarmarkada,
xodimlar va ishchi xizmatchilar uchun kartoshka, hamda sabzi mahsulotlari mutlaqo
bepul tarqatildi.
Arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari viloyatning barcha shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlarida ham tashkil etilmoqda.