Viloyat IIBda xodimlar va ularning oila a’zolari ishtirokida xizmat intizomini mustahkamlash borasida yig‘ilish o‘tkazildi.
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi binosida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tarkibiga kiruvchi soxaviy xizmatlar, xodimlari va ularning oila a’zolari bilan viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.F.Shadiev hamda IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Q.Samandarov ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishda joriy yilning 20 noyabr kunidan 30-dekabr kuniga qadar xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan “Dolzarb qirq kunlik” profilaktik tadbirlari davomida mavjud kuch vositalardan oqilona foydalangan holda ichki ishlar organlarida “temir intizom” ni yo‘lga qo‘yish va qonuniylikni ta’minlash borasidagi natijalarni yaxshilash, ichki ishlar organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarni barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish, ushbu jarayonga jamoatchilikni keng jalb etish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini shakllantirish, shaxsiy tarkibni kunlik xizmatga kelib ketishi, avtoreyd o‘tkazish, yashash sharoitlarini o‘rganib ijtimoiy himoyaga muxtoj xodimlarni aniqlash borasida qator ishlar amalga oshirilayotganligi yuzasidan ma’ruza qilindi.
Shundan so‘ng yig‘ilishda xodimlarning
kasbiga bo‘lgan sadoqatini, mas’uliyatini oshirish maqsadida joriy yilning ikkinchi
yarmida viloyat IIB xodimdari ishtirokida sodir etilgan xolatlardan iborat “Xiyonat
va halollik” deb nomlangan video rolik namoyish etilib, kelgusida xodimlar tomonidan
sodir etilishi mumkin bo‘lgan qonunbuzilishlarini oldini olishga xamma birdek mas’ul
ekanligi ta’kidlab o‘tildi.