26 Noyabr 2022 yil 209

Viloyatimizning barcha shahar tuman IIBlari tomonidan olib borilayotgan “Probatsiya oyligi” doirasida jinoyat ishlari bo‘yicha Sherobod tuman sudi tomonidan tuman Madaniyat markazida Sayyor sud majlisi o‘tkazildi.

Sayyor sud majlisida Insonparvarlik tamoyiliga tayanib tuman bo‘yicha Ichki ishlar bo‘limi Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi hisobida turib, haqiqatda mehnatga halol munosabatda bo‘lgan va jazo o‘tashning tartib qoidalariga rioya qilib, tuzalish yo‘liga o‘tgan, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, sudlar tomonidan o‘rnatilgan taqiq va cheklovlarga to‘liq rioya qilgan hamda o‘zining xulqini ijobiy tomonga o‘zgartirgan 5 nafar nazoratdagi shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari o‘tayotgan jazolaridan shartli ravishda ozod qilindi.

Sayyor sud majlisi davomida, jazo o‘tash tartib-qoidalarini qo‘pol ravishda buzib kelayotgan 2 nafar mahkumlarning o‘talmagan jazo muddatlari shu muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi. Shu bilan bir qatorda tuman ichki ishlar bo‘limi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi tomonidan muqaddam sudlangan shaxslarning qayta jinoyat sodir etishining oldini olishga qaratilgan tadbirlar doirasida bir  2 nafar muqaddam suyulangan shaxslarga nisbatan ma’muriy nazorat o‘rnatildi

Shuningdek, sud raisi tomonidan ishtirokchilarga qonunchilikdagi o‘zgartirishlar va sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan yangiliklar borasida ma’ruzalar qilinib, mahkumlarning fikr va mulohazalari tinglandi.

Text to speech