21 Fevral 2023 yil 209

Viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari huzurida xodima ayollar bilan yig‘ilish o‘tkazildi.

  Surxondaryo viloyati IIBda ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelayotgan xodimalar bilan viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev hamda IIV ShXBB Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil         20-yanvardagi "Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-10-son Qarori mazmun mohiyatini yetkazish va xodimalar o‘rtasida kasb-madaniyati xizmat intizomi, korrupsion holatlar sodir etilishining oldini olish, xamda xotin-qizlarga kundalik xizmatga kelib-ketish o‘zlarining ish yurituvida bo‘lgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

    Mazkur yig‘ilish doirasida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.   

 Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

 

 

Text to speech