13 May 2023 yil 222

Viloyat ichki ishlar idoralari shaxsiy tarkibi, harbiy xizmatchilari, pensionerlari va ularning oila a’zolari hamda ishchi va xizmatchilarini  2023 yilning 15-17 may kunlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tibbiyot boshqarmasi tizimidagi tibbiy muassasalari biriktirilgan tarkibga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, davolash va sog‘lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirish, shaxsiy tarkib orasida o‘tkazilayotgan profilaktik tibbiy ko‘rik samaradorligini oshirish, kasalliklarni yashirin davrlarida erta  aniqlash va davolashni tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi  Ichki ishlar vazirligi markaziy tibbiy muassasalarini malakali mutaxassislari ishtirokida viloyat ichki ishlar idoralari shaxsiy tarkibi, harbiy xizmatchilari, pensionerlari va ularning oila a’zolari hamda ishchi va xizmatchilarini  2023 yilning 15-17 may kunlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik O‘zbekiston Respublikasi IIV Tibbiyot boshqarmasi, IIV Markaziy gospitali va IIV Markaziy Poliklinikasini malakali mutaxassislari (travmatolog-ortoped, urolog, xirurg, terapevt, pulmonolog, ftiziatr, kardiolog, endokrinolog, UTT va rentgenolog shifokorlari) tomonidan o‘tkaziladi.

Tibbiy ko‘rik 2023 yilning 15 may kuni Termiz shahrida,  viloyat IIB Tibbiyot bo‘limi Poliklinikasida soat 08-00 dan 17-00 gacha.

2023 yilning 16 may kuni Denov shahrida Mudofaa bo‘limida soat 09-00 dan 17-00 gacha.

Tibbiy ko‘rik 2023 yilning 17 may kuni Termiz shahrida,  viloyat IIB Tibbiyot bo‘limi Poliklinikasida soat 09-00 dan 17-00 gacha.

Hurmatli hamkasblar imkoniyatdan foydalanib qoling!

Murojaat uchun telefonlar:

76: 221 47 21,  76: 221 43 12  yoki   90:248-02-18

Text to speech