18 Avgust 2022 yil 358

“Vatanparvarlik oyligi” doirasida Ichki ishlar organlari xodimlari bilan psixoprofilaktik suhbatlar o‘tkazilishi davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi IIVning farmoyishi asosida o‘tkazilayotgan "Vataparvarlik oyligi" doirasida, Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari tomonidan fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri  muloqotda bo‘ladigan hamda maxsus vositalar bilan xizmat olib boradigan xodimlarning xizmat faoliyatini o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Patrul-post xizmati va Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Patrul-post batalonida xizmat olib borayotgan xodimlarning xizmat samaradorligini oshirish va shaxsiy tarkib o‘rtasida sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhit barqarorligini ta’minlash, shuningdek xodimlarning individual-psixologik hususiyatlarini o‘rganish maqsadida xodimlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Bunda asosiy e’tibor Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida salbiy holatlar kelib chiqishining oldini olish, ularning salomatligini muhofaza qilish, jamoalardagi ma’naviy-ruhiy muhit barqarorligini ta’minlash, shaxsiy tarkibning xizmat sharoitlarini yaxshilash, ularning oilaviy-maishiy muammolarini o‘rganish va ijobiy hal etishda ko‘maklashish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tashkiliy, amaliy va tarbiyaviy profilaktik chora-tadbirlarga qaratildi. 

Shuningdek, ular bilan psixoprofilaktik suhbatlar o‘tkazilib kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech