20 Dekabr 2024 yil 515

Uzun va Sariosiyo tumanlari IIB xodimlari hamda ularning oila a’zolari ishtirokida xizmat intizomini mustahkamlashga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 19 dekabr kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sherzod Shadiev hamda IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Qudrat Samandarov ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Mazkur yig‘ilishda 2024 yilning 20 noyabr kunidan 30 dekabr kuniga qadar xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan “Dolzarb qirq kunlik” profilaktik tadbirlari davomida mavjud kuch vositalardan oqilona foydalangan holda ichki ishlar organlarida “temir intizom”ni yo‘lga qo‘yish va qonuniylikni ta’minlash borasidagi natijalarni yaxshilash, ichki ishlar organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarni barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish, ushbu jarayonga jamoatchilikni keng jalb etish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini shakllantirish, shaxsiy tarkibni kunlik xizmatga kelib ketishi, avtoreyd o‘tkazish, yashash sharoitlarini o‘rganib ijtimoiy himoyaga muxtoj xodimlarni aniqlash borasida qator ishlar amalga oshirilayotganligi yuzasidan ma’ruza qilindi.

Shundan so‘ng yig‘ilishda xodimlarning kasbiga bo‘lgan sadoqatini, mas’uliyatini oshirish maqsadida, joriy yilning ikkinchi yarmida viloyat IIB xodimlari ishtirokida sodir etilgan holatlar aks etgan “Hiyonat va halollik” nomli video rolik namoyish etilib, kelgusida xodimlar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan qonunbuzilishlarni oldini olishga barcha birdek mas’ul ekanligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, joriy yilning 29 noyabr kuni qabul qilingan O‘RQ-1008-son qonuni bilan IIO to‘g‘risidagi qonuniga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida ma’lumot berib o‘tildi.

Shuningdek, yig‘ilish so‘ngida xizmat faoliyati davomida yuqori natijalarga erishib, xizmat faoliti davomida namuna ko‘rsatib kelayotgan xodimlarning ota-onalariga viloyat IIB boshlig‘ining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Text to speech