17 Avgust 2022 yil
401
Uzun tumanida “Vatanparvarlik oyligi” doirasida, “Eng yaxshi kitobxon” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.
Xabaringiz bor O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tizimida "Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimizdir!” shiori ostida joriy yilning 1-avgust kunidan 1-sentabr kuniga qadar "Vatanparvarlik oyligi" deb e’lon qilingan. Shu munosabat bilan 2022-yil 17-avgust kuni Surxondaryo viloyati Uzun tumani IIB xodimlari o‘rtasida, Sarasiyo tumanidagi “Axborot kutubxona markazi”da “Eng yaxshi kitobxon” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi. O‘tkazilgan musobaqa yakunida g‘olib deb topilgan ichki ishlar organlari xodimlari tuman IIB boshlig‘ining diplomi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.