20 Dekabr 2021 yil 520

Uzun tumanida talonchilik jinoyatni sodir qilgan shaxslar qo'lga olindi

Uzun tumanida 2021 yil 8 noyabr kuni, tumanning "Nurafshon" mahallasida yashovchi, S.Sherzod (ism shariflar o'zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 7 noyabr kuni soat 21:30 larda, mahalladoshi, D.Doston bilan birga tumanning "Obizarang" mahallasi hududida, noma'lum shaxslar 1 dona 1.800.000 (bir million sakkiz yuz ming) so'mlik "Redmi A9" va 1 dona 300.000 (uch yuz ming) so'mlik "Nokia" rusumli telefonlarini olib, qochib ketishganliklarini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni tumanning "Obizarang" mahallasida yashovchilar, I.Ilyos, N.Nodir, K.Kamol va D.Daminlar sodir etishganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 14 noyabr kuni I.Ilyos, N.Nodir, K.Kamol va D.Daminlarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi "a,v" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech