17 Yanvar 2022 yil 499

Uzun tumanida qidiruvdagi shaxs qo'lga olindi

Uzun tumanida 2021 yil avgust oyida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismida, ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Uzun tumani prokuraturasi tomonidan qidiruvda bo'lgan ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan, Qiziriq tumani "Rabatak" mahallasida yashovchi, X.Xusan (ism sharif o'zgartirilgan) 14 yanvar kuni viloyat IIB xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Termiz shahar hududida yashirinib yurganligi aniqlanib ushlangan va Termiz shahridagi vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech