4 Oktyabr 2024 yil 530

Uzun tumanida Probatsiya nazoratida turgan yoshlar bilan tadbirkor uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uzun tumani Ichki ishlar bo‘limi Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi hisobida ro‘yxatida turgan yoshlar ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorning uchrashuvi tashkil etildi.

Xususan, “Surxon gold mebel” oilaviy korxonasi rahbari Mamatov Rustam bilan ishlab chiqarish korxonasida o‘tkazilgan uchrashuvda, yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida kerakli tushuncha va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, tadbirkorlar bilan hamkorlikda yoshlarning bandligini ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilayotgan bo‘lib, ushbu uchrashuv davomida ham yoshlar ishga joylashtiriliyub bandligi ta’minlandi.

Text to speech