Uzun tumanida Probatsiya guruhi hisobida turgan yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi
Tezkor- profilaktik tadbirlarining
"Dolzarb 40 kunligi" doirasida, Uzun tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi hisobida turgan
nazorat ostidagi yoshlarni ijtimoiy hayotga moslashtirish hamda ular o‘rtasida sog‘lom
turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida sportning 4 ta turi Voleybol, stol tennisi,
shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.
O‘tkazilgan musobaqada
yoshlar o‘z mahoratlarini namoyish etib, e’tirofga sazovor bo‘lishdi.
Bu kabi sport musobaqalarining o‘tkazilishi probatsiya
hisobidagi yoshlarni sog‘lom turmush tarziga qaytarish, sportga bo‘lgan qiziqishlarini
uyg‘otish barobarida ular o‘rtatasida takroriy jinoyatlar sodir etilishi hamda huquqbuzarliklarni
oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.