Uzun tumanida ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yini o‘tkazildi
Joriy yilning 20 oktabr kuni Uzun tuman
ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida tuman Axborot kutubxona markazi hamda
Ma’naviyat va ma’rifat tuman bo‘limi bilan hamkorlikda “Zakavot” intellektual o‘yini
o‘tkazildi. Bilimdonlar bellashuvida tuman Ichki ishlar bo‘limining 25 nafar shaxsiy
tarkib xodimlari jalb etilib, imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Musobaqaning g‘olib va sovrindorlari
Axborot kutubxona markazi raxbari tomonidan diplom, kitoblar jamlanmasi hamda qimmatbaho
sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Bu kabi intellektual o‘yinlarning tashkil etilishi
ichki ishlar organlari xodimlarining bilim va salohiyatini intellektual qobiliyati
shuningdek, hozir javobligini oshirishga xizmat qilishi bilan birgalikda xodimlarning
o‘z ustida ishlashlari, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga
xizmat qiladi.