7 Yanvar 2025 yil 529

Uzun tumani IIBda 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan sportning boks turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” hamda "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining o‘ttiz uch yilligi" munosabati bilan davlatimiz sarhadlarini ishonchli himoya qilinishi, jamoat xavfsizligi va tartibini saqlash, qonuniylik hamda huquq-tartibotni mustahkamlash borasida mas’uliyat va sharaf bilan xizmat qilib kelayotgan Uzun tumani IIB sohaviy xizmat xodimari o‘rtasida sportning boks turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Sport musobaqasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar mutasaddilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

Text to speech