22 Oktyabr 2024 yil
337
Uzun tumani IIB mas’ullari Probatsiya guruhi hisobida turgan shaxslar bilan profilaktik tushuntirishlar olib bordi.
Uzun tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi nazorati ostida turgan 3 sektor hududida istiqomat qilib kelayotgan yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish maqsadida, tuman IIB mas’ullari tomonidan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda, probatsiya nazorati
ostidagi yoshlarning taklif va ularni qiynab kelayotgan muammolari o‘rganilib, aniqlangan
muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rilib, bir nafar ësh mavsumiy ishga joylashtirilib,
uning bandligi ta’minlandi.
Shuningdek, uchrashuv davomida probatsiya hisobida turuvchi yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Probatsiya to‘g‘risidagi qonunining mazmun mohiyati ham tushuntirildi.