17 Mart 2023 yil 218

O‘zbekiston voleybol Federatsiyasi raisi kubogi musobaqasi o‘tkazildi.

 Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz xudud”, “Nazorat” va “Jamoat xavfsizligi oyligi”, “Xavfiz xayot uchun” maxsus profilaktika tadbirlarining tasirchanligini oshirish, mahallada yashovchi uyushmagan yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning salbiy va og‘ir oqibatlarini haqida tushuncha xosil qilish orqali aholining ogoxligini kuchaytirish hamda sog‘lom turmush tarzini faol targ‘ib qilish maqsadida Surxondaryo viloyati 3-sektorda yashovchi  uyushmagan yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri O‘zbekiston voleybol Federatsiyasi raisi kubogi musobaqasi o‘tkazildi.

Qizg‘in bahs va munozalarga boy kechgan musobaqada 1-o‘rinni Termiz shahar, 2-o‘rinnni Muzrabot va 3-o‘rinni Boysun tumani jamoasi qo‘lga kiritishdi.

Voleybol musobaqasi g‘oliblariga kubog va qimmatbaho sovg‘alarni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Ismoilov Abduvoxid Salomovich tantanali topshirdi.

 

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech