10 Noyabr 2022 yil 2677

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga nomzodlarni qabul qilish uchun tanlov e’lon qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga yoshi o‘n sakkizdan kichik va o‘ttizdan katta bo‘lmagan, Surxondaryo viloyatida doimiy ro‘yxatda turuvchi oliy ma’lumotli, muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervi asosida harbiy xizmatni o‘tagan (oliy o‘quv yurtlarida harbiy tayyorgarlikdan o‘tganlar bundan mustasno), shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va oliy ma’lumotga ega Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi safdor xodimlari ishtirok etishlari mumkin.

Ichki ishlar organlariga kirish istagida bo‘lgan fuqarolarni quyida ko‘rsatilgan muddatdan boshlab, soat 09:00 dan 18:00 ga qadar Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmatiga quyidagi hujjatlar bilan kelishlari so‘raladi:

  • biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi;
  • tug‘ilganlik haqida guvohnomasi asli;
  • oliy ma’lumotni tasdiqlovchi hujjat (diplom ilovasi bilan) asli;
  • harbiy guvohnoma asli;
  • doimiy yashash joyi bo‘yicha belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida maʼlumotnoma (bo‘yning balandligi bo‘yicha antropometrik parametri ko‘rsatilgan holda 086-raqamli tibbiy maʼlumotnoma);

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar joriy yilning 5 noyabr kunidan 5 dekabr kuniga qadar Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmatiga yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan murojaat qilishlari so‘raladi.

Tanlov tadbirlari davomida jamoatchilik tashkiloti vakillari va nomzodning yaqin qarindoshlari ishtirok etishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarning arizalari 2022 yilning 5 noyabr kunidan oldin yoki 5 dekabr kunidan keyin qabul qilinmaydi.

Manzil: Surxondaryo viloyati, Termiz shahar “Bog‘zor” mahallasi, Barkamol avlod ko‘chasi 46-uy. Surxondaryo viloyati IIB binosi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon: (76) 222-04-62

SURXONDARYO VILOYATI IIB MMI VA KBTX

Text to speech